
енгок кучати-yong’oq ko’chatlari
Chandler Yong’oq Ko’chatlari;
Bu AQShdan kelib chiqqan yong’oq bo’lib, AQShning Kaliforniya mintaqasida keng ekilgan va butun dunyoda qabul qilingandir.
Janubiy Amerika qit’asining mamlakatlaridan biri bo’lgan Chilida katta Chandler bog’lari o’rnatilib, jiddiy hosilga erishildi va Chili yong’og’i dunyoda mashhur bo’lib, bozorini topdi.
Yuqori hosildor Chandler bog’lari tekshirilganda; Ekish to’g’ri geografik mintaqalarga, tuproqning to’g’ri tuzilishiga va to’g’ri ekish qoidalariga rioya qilish orqali amalga oshirilganda, sarmoyadorlar o’z kuchlarini behuda sarflamaganligi va tijorat katta ahamiyat kasb etkanligi kuzatiladi.
Chandler yong’oq navi AQShda eng muhim tijorat yong’oq navidir.
Yupqa qobiqli, biroz dag’al, tuxumsimon shakliga egadir.
Po’stidan ajratilishi oson bo’lib quruq va yangi yong’oq sifatida iste’mol qilinishi qulaydir.
Kurtaklarda hosil 85-90% ni tashkil qiladi va u juda serhosil navdir.
Chandler yong’oqlari oqlik nisbati 90-100% ni tashkil qiladi.
Chandler yong’oq mevalari 10-13 g, mevalarning ichki og’irligi 6,5 g, ichki nisbati 52-55%.
Daraxt xususiyatlari;
U uchta shoxchada meva berganidek, yonboshdagi novdalardagi meva miqdori ham juda yuqori.
O’rta quvvatlikda o’sadi.
Yarim tik rivojlanadi. 4×8 va 5×7 oralig’ida ekish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Chandler yong’oq daraxti kasallikka chidamli bo’lgan navidir.
U changlatuvchi bilan birga ekilishi kerak. Uning to’g’ri changlatuvchisi – Franguate va Fernette.
Biz Samarali Yong’oq Bog’larini Quramiz

Fernor Yong’oq Ko’Chatlari
Fernor Yong’oq;
Fernor yong’og’i kelib chiqishi frantsuzchadir.
Bu juda serhosil nav bo’lib, u o’rta darajada quvvatli va yarim tik o’sadi.
Fernor yong’oqlariham Chandler yong’oqlari kabi yon novdalarda hosili yaxshidir.
Fernor yong’oq panjarali ekish tizimi o’stirish uchun mos bo’lib 4X8 va 5×7 metr oraliqda ekilishi mumkin.
Mevalar poyalarda 1, 2, 3 va 4 li shekildan iborat.
Fernor yong’oq mevasining xususiyatlari;
Fernor yong’oq mevalarining vazni 12 gr.
Uning ichki samaradorligi 49% ni tashkil qiladi va yong’oqning içki og’irligi o’rtacha 6 gr.
Yog ‘miqdori 51%, oqsil miqdori 20%.
Qobiqdan ajratilishi oson bo’lib va tijoratta o’z obro’yiga ega bo’lgan yong’oq navidir.
Uning ta’mi juda yaxshi bo’lib quruq va yangi yong’oq sifatida iste’mol qilinishi qulaydir.
To’g’ri changlatuvchilari Fernette va Ronde yong’oq navlaridir.
U sentyabr oyining oxiriga qadar yig’ib olinadi.